Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +9° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

2023 yilda inflyatsiya 9 foizdan pasaydi

Oʻtgan yilda inflyatsiya 9 foizdan pasaydi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. Lekin koʻplab masalalar narx-navo oshib, odamlar norozi boʻlganidan soʻng, “qoʻl boshqaruvi” bilan hal boʻlayotgani qayd etildi.…

Кирилл
2023 yilda inflyatsiya 9 foizdan pasaydi

Oʻtgan yilda inflyatsiya 9 foizdan pasaydi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Lekin koʻplab masalalar narx-navo oshib, odamlar norozi boʻlganidan soʻng, “qoʻl boshqaruvi” bilan hal boʻlayotgani qayd etildi.

Masalan, narx qimmatlagani uchun 61 turdagi isteʼmol mahsulotlariga nisbatan bojxona bojlari bekor qilindi.

Lekin, joylardagi iqtisod boʻyicha hokim oʻrinbosarlari, viloyat va tumanlardagi iqtisodiyot boʻlimlari rahbarlari ushbu mahsulotlarni oʻzimizda koʻpaytirish orqali inflyatsiyani jilovlashni oʻylamayotgani tanqid qilindi.

Fargʻona, Jomboy, Elliqqalʼa, Parkent tumanlari va Yangiyoʻl shahrida mol goʻshti, Konimex, Oltinkoʻl, Boʻston tumanlari va Zarafshon shahrida tuxum narxi oshganiga ushbu hududlar rahbarlari xotirjam qarab oʻtirgani qayd etildi.

Bosh vazirga ushbu tuman-shfhar hokimlari va sektor rahbarlarining lavozimiga loyiqligini koʻrib chiqish topshirildi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid