Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +13° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

8 oʻzbekistonlik halok boʻlgan Aqtoʻbedagi YTH boʻyicha jinoyat ishi ochildi

2024 yilning 3 aprelida Aktobe viloyati, Algʻa tumani hududidan oʻtuvchi “Samara-Shimkent” respublika ahamiyatiga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan 8 nafar Oʻzbekiston Respublikasi…

Кирилл
8 oʻzbekistonlik halok boʻlgan Aqtoʻbedagi YTH boʻyicha jinoyat ishi ochildi

2024 yilning 3 aprelida Aktobe viloyati, Algʻa tumani hududidan oʻtuvchi “Samara-Shimkent” respublika ahamiyatiga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan 8 nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi halok boʻldi. 

Qozogʻistondagi Oʻzbekiston Elchixonasi marhumlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya bildirdi.

Mazkur masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi Qozogʻiston Respublikaisning tegishli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlikda ishlamoqda. Holat alohida nazoratga olingan.

Qoʻshimcha maʼlumotlar boʻyicha OʻR Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi raqam boʻyicha murojaat qilish mumkin +7 (729) 277-71-17.

Aqtaudagi Oʻzbekiston bosh konsulligi xabariga koʻra, holat yuzasidan Qozogʻiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid