Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +15° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Andijonda Damas va Nexia-3 ishtirokida YTH sodir boʻldi

Andijonda Damas va Nexia-3 ishtirokidagi YTHda bir yoʻlovchi jarohat oldi. Hodisa yuzasidan Andijon viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumot berdi. Qayd etilishicha, 2 iyun kuni Andijon tumanidan Oltinkoʻl…

Кирилл
Andijonda Damas va Nexia-3 ishtirokida YTH sodir boʻldi

Andijonda Damas va Nexia-3 ishtirokidagi YTHda bir yoʻlovchi jarohat oldi. Hodisa yuzasidan Andijon viloyati IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 2 iyun kuni Andijon tumanidan Oltinkoʻl tumaniga qarab harakatlanib ketayotgan 26 yoshli X.J. oʻzining Nexia-3 rusumli transport vositasida qayrilib olish joyida qarama-qarshi tomondan kelayotgan Damas rusumli transport vositasini oʻtkazib yubormasdan keskin ortga qayrilib yuborgan.

Ushbu YTH oqibatida Damas rusumli transport vositasidagi yoʻlovchi N.Z. tan jarohati olib tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Oltinkoʻl tumani IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid