Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +9° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Ayrim tovarlarni realizatsiya qilishga doir aylanma QQSdan ozod qilinadi

“Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-195,…

Кирилл
Ayrim tovarlarni realizatsiya qilishga doir aylanma QQSdan ozod qilinadi

“Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalarni yanada jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-195, 16.11.2023-y.) qabul qilindi
Farmonga koʻra, byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari hamda oʻz ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan ijtimoiy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan (bundan tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan mablagʻlar mustasno) toʻliq yoki qisman amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir aylanma, shuningdek ularning importi 2028-yil 1-yanvargacha QQSdan ozod qilinadi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid