Befarq boʻlmang!
Oilaviy zoʻravonga qamoq jazosi tayinlandi. Soʻnggi vaqtlarda ayollar va bolalarni turli zoʻravonlik va tahdidlarga uchrayotgani sir emas. Jabrlanuvchilar esa oilaviy zoʻravonlikdan koʻproq aziyat chekmoqdalar. Bunday ayanchli…
Oilaviy zoʻravonga qamoq jazosi tayinlandi.
Soʻnggi vaqtlarda ayollar va bolalarni turli zoʻravonlik va tahdidlarga uchrayotgani sir emas. Jabrlanuvchilar esa oilaviy zoʻravonlikdan koʻproq aziyat chekmoqdalar. Bunday ayanchli voqelar esa er-xotin oʻrtasida kelib chiqayotganligi huquqbuzarga muqarrar jazo chorasini qoʻllashni taqazo etmoqda. Jazo chorasi esa shaxsni tuzalish yoʻliga oʻtishiga koʻmaklashishi, boshqa shaxslarning ham huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi kerak.
Kuni kecha jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan oilaviy zoʻravonlik bilan huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan maʼmuriy ish koʻrib chiqildi. A.H 2024 yil 13 fevral kuni soat 2330larda Shoʻrchi tumani “Oqkamar” mahallasida bir roʻzgʻor asosida birga yashayotgan turmush oʻrtogʻi A.A bilan oʻzaro janjallashib qolib, uni doʻpposlab, A.Aga yengil tan jarohati yetkazib, oilaviy zoʻravonlik harakati sodir etgan. Sud A.Hga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 59-2-moddasi 2-qismi 7 (etti) sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi.
Sh.Qodirov, Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudining tergov sudyasi