Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +15° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

“Birlashish nuqtasi – Milliy media mahsulot” media anjumani bo’lib o’tdi

Bugun O‘zbekiston Milliy media birlashmasi 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Birlashish nuqtasi – Milliy media mahsulot” media anjumaning 2-kunida birlashma a’zolarining Umumiy yig‘ilishi bo’lib…

Кирилл
“Birlashish nuqtasi – Milliy media mahsulot” media anjumani bo’lib o’tdi

Bugun O‘zbekiston Milliy media birlashmasi 3-may — Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan “Birlashish nuqtasi – Milliy media mahsulot” media anjumaning 2-kunida birlashma a’zolarining Umumiy yig‘ilishi bo’lib o’tdi.

Anjumanni O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruv raisi professor Sherzodxon Qudatxo‘ja ochib berib, kelgusida birlashma faoliyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli rejalar yuzasidan nutq qildi. Milliy kontent yaratishda nimalarga e’tibor berilishi kerakligi, auditoriyaning xilma-xilligini hisobga olib, odamlarning keng doirasiga mos kelishiga ishonch hosil qilish uchun turli milliy madaniyatiga urg‘u berishi misollar orqali tushuntirildi.

Shuningdek, Birlashma a’zolarining Umumiy yig‘ilishda 5 ta masala ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruvi raisi o‘rinbosari – Bosh direktor Abduaziz Abutalipov Birlashmaning 2023-yilgi moliyaviy hisoboti hamda amalga oshirilgan ishlar  yuzasidan birlashma a’zolariga hisobot berdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy media birlashmasiga yangi aʼzolar ham qabul qilinib, Asrnews.uz veb sayti ham yangi a’zo sifatida faoliyat olib borishi belgilandi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid