Shanba, 14-noyabr, 2026 Termiz +9° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

Bugun Toshkent shahrining baʼzi mahallalarida gaz taʼminoti uziladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtimizning Sergeli, Olmazor va Mirobod tumanlari gaz taʼminoti tizimida taʼmirlash va sozlash ishlari olib boriladi. “Hududgaz Poytaxt” bu haqda maʼlum qildi. Shu…

Кирилл
Bugun Toshkent shahrining baʼzi mahallalarida gaz taʼminoti uziladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtimizning Sergeli, Olmazor va Mirobod tumanlari gaz taʼminoti tizimida taʼmirlash va sozlash ishlari olib boriladi. “Hududgaz Poytaxt” bu haqda maʼlum qildi.

Shu munosabat bilan ushbu tumanlarining baʼzi mahalla va koʻchalarda gaz taʼminoti toʻxtatiladi.

Mirobod tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:

  • “Banokatiy” mahallasi;
  • “Korzinka” supermarketi.

Sergeli tumanida 11:00 dan 16:00 gacha:

  • “Noʻgʻoyqoʻrgʻon” mahallasining Saʼdiy koʻchasi;
  • “Nomdanak” mahallasining Fayzli, Ziyokor 2-tor koʻchasi;
  • ushbu mahallalarda joylashgan 2 ta ulgurji isteʼmolchi.

Olmazor tumanining mahallalarida 11:00 dan 17:00 gacha:

  • “Ahil”;
  • “Yangi Toshkent”;
  • “Paxta”;
  • “Moyariq”;
  • Gʻani Aʼzamov;
  • “Guruchariq”.
Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid