Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +9° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi faoliyati mutlaqo qoniqarsiz. Faqat kamchilik aniqlaydigan idoraga aylanib qolgan — Prezident

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi faoliyati mutlaqo qoniqarsiz ekani koʻrsatib oʻtildi. Bu haqda Prezident yigʻilishda aytdi. Inspektsiya faqat kamchilik aniqlaydigan idoraga aylanib…

Кирилл
Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi faoliyati mutlaqo qoniqarsiz. Faqat kamchilik aniqlaydigan idoraga aylanib qolgan — Prezident

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi faoliyati mutlaqo qoniqarsiz ekani koʻrsatib oʻtildi. Bu haqda Prezident yigʻilishda aytdi.

Inspektsiya faqat kamchilik aniqlaydigan idoraga aylanib qolgani, profilaktika bilan esa ishi yoʻqligi, tizimida korruptsiya ulushi yuqoriligi tanqid qilindi.

Byudjet mablagʻini taqsimlash ham, uni nazorat qilish ham bitta vazirlikda boʻlishi notoʻgʻri ekani taʼkidlandi.

Shu bois Davlat moliyaviy nazorati inspektsiyasi ham Bosh prokuratura Departamentiga oʻtkaziladi.

Shu bilan birga Hisob palatasi xodimlari byudjetdan eng koʻp mablagʻ oladigan 12 ta vazirlikka biriktiriladi. Vazirliklarning har bir xarajati ular bilan kelishilgandan keyin amalga oshirilishi belgilandi.

Umuman, Departament va Hisob palatasi birgalikda ishlab, yashirin iqtisodiyotni jilovlash va byudjet mablagʻlarini toʻgʻri sarflanishi uchun javobgar boʻladi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid