Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +15° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Doʻstlik kanalida 14 yoshli bola choʻkib ketdi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanidan oqib oʻtuvchi Doʻstlik kanalida 14 yoshli bola choʻkib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi. Bekobod tuman prokuraturasiga kelib tushgan…

Кирилл
Doʻstlik kanalida 14 yoshli bola choʻkib ketdi

Toshkent viloyatining Bekobod tumanidan oqib oʻtuvchi Doʻstlik kanalida 14 yoshli bola choʻkib ketdi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.

Bekobod tuman prokuraturasiga kelib tushgan xabarga koʻra, 6 iyun kuni 16:30 larda Bekobod tumani, “Qushtamgʻali” mahallasidan oqib oʻtuvchi Doʻstlik kanalida Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanidagi uyda yashovchi 14 yoshli S.T. choʻkib, vafot etgan. 

Olib borilgan qidiruv-qutqaruv tadbirlari davomida uning murdasi choʻkib ketgan Bekobod tumani, “Qushtamgʻali” mahallasidan oqib oʻtuvchi Doʻstlik kanalining 150 metr uzoqlikdagi qismidan choʻkish alomatlari bilan topilgan.

Ayni paytda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid