Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +8° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Endi ayrim dasturchilarga boʻlib toʻlash sharti bilan kompyuter va texnikalar beriladi

Davlatimiz rahbari 2024 yildan boshlab hududlarda IT xizmatlarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratilishini eʼlon qildi. Bunda: IT kompaniyalari hududlardagi boʻsh turgan binolarga bir yil muddatga bepul…

Кирилл
Endi ayrim dasturchilarga boʻlib toʻlash sharti bilan kompyuter va texnikalar beriladi

Davlatimiz rahbari 2024 yildan boshlab hududlarda IT xizmatlarini rivojlantirish uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratilishini eʼlon qildi. Bunda:

  • IT kompaniyalari hududlardagi boʻsh turgan binolarga bir yil muddatga bepul joylashtiriladi;
  • iqtidorli dasturchilarga bir yil ichida boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan kompyuter va texnikalar beriladi;
  • 50 dan ortiq IT mutaxassisini ishli qilgan kompaniyalarning bir yil davomidagi ish haqi xarajatini 15 foizgacha qismi qoplab beriladi;
  • eksportchi korxonalarga chetdan ekspert jalb qilish, xalqaro konferentsiyalarda qatnashish xarajatlarining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.

Bu maqsadlarga kelgusi yilda 65 milliard soʻm ajratiladi.

Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi IT parkni xalqaro miqyosga olib chiqish uchun kelgusi yilda Germaniya va Saudiya Arabistonida uning shoʻʼba korxonalarini ochadi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid