Endi bir sutka 25 soatni tashkil etishi kutilmoqda
Myunxen Texnika Universiteti mutaxassislari Yer sayyorasining aylanishi sekinlashishga moyilligini aniqlashdi. Shu sababli, hozirda 24 soat boʻlgan Yer kunini 25 soatga uzaytirish mumkin. Yerdagi bir kun 24 soat yoki 86 400 soniyani…
Myunxen Texnika Universiteti mutaxassislari Yer sayyorasining aylanishi sekinlashishga moyilligini aniqlashdi. Shu sababli, hozirda 24 soat boʻlgan Yer kunini 25 soatga uzaytirish mumkin.
Yerdagi bir kun 24 soat yoki 86 400 soniyani tashkil qiladi va kunning aniq uzunligi kichik, ammo oʻzgaruvchan tebranishlarga bogʻliq. Ushbu nozik farqlarni tushunish kundalik hayotga bevosita taʼsir qilmasligi mumkin. Ammo bu yuqori aniqlikdagi iqlim modellarini yaratuvchi olimlar uchun muhim.
Zilzilalar, vulqon otilishi va hatto yer yadrosidagi suyuq metalning harakati natijasida yuzaga keladigan nozik siljishlar kabi hodisalarning taʼsiri bu davrda kichik oʻzgarishlarga olib keladi.
Millisekundlarda oʻlchanadigan bu kichik tebranishlar oldindan aytib boʻlmaydigan boʻlsa-da, ular olimlar uchun muhim maʼlumot beradi. Germaniyaning Myunxen Texnika Universiteti professori Ulrix Shrayber kabi olimlar Yerning aylanishidagi tebranishlar nafaqat astronomiya, balki aniq iqlim modellari va El Nino kabi hodisalarni yaxshiroq tushunish uchun ham muhim ekanligini taʼkidlamoqda.
Hisob-kitoblarga koʻra, taxminan 200 million yildan keyin Yerda bir kun 25 soat davom etadi. Myunxen Texnika Universiteti olimlari bu jarayon bugungi kunda ham davom etayotganini va, masalan, 200 million yil avval Yerda bir sutkaning uzunligi 23 soatni tashkil etganini qayd etishdi. Oʻsha paytda sayyoramizda dinozavrlar yashagan.
Yangi tadqiqotda Shrayber va uning hamkasblari Vettzell geodeziya observatoriyasida (Germaniya) oʻrnatilgan lazerli halqali giroskopdan foydalanganlar. Ushbu qurilma taxminan 6 metr chuqurlikda koʻmilgan muhrlangan kameraga joylashtiriladi va bu tashqi omillarning taʼsirini bartaraf qiladi, faqat Yerning aylanishidagi oʻzgarishlarning taʼsirini taʼminlaydi.
Giroskop turli yoʻnalishlarda harakatlanadigan ikkita lazer nurlari bilan jihozlangan. Sayyora tebranganda, lazer nurlaridan biri biroz qisqaroq masofani bosib oʻtadi. Jamoa hisob-kitoblarni amalga oshirdi va bir necha hafta davom etadigan davrlarda Yerning aylanishi 6 millisekundgacha oʻzgarib turishini aniqladi. Kelgusi oylarda olimlar aniqroq maʼlumotlarni olish uchun sozlashni yaxshilashni rejalashtirmoqda.
Olimlarning bildirishicha, 1,4 milliard yil avval Yerda bir sutkaning davomiyligi 18 soatu 41 daqiqa boʻlgan. Oʻlchovlar maxsus germetik maydonda, 6 metr chuqurlikda yer ostiga oʻrnatilgan aylana lazer yordamida amalga oshiriladi. Bunday sharoitda tashqi omillarning taʼsiri minimallashtiriladi. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ob-havo sharoiti va iqlim oʻzgarishi qisman ushbu koʻrsatkich bilan bogʻliq.
Elatib oʻtamiz, avvalroq Quyoshda Yerdan 60 barobar katta teshik paydo boʻlganini xabar qilgan edik.