Faoliyatini tugatayotgan yuridik shaxsning ortiqcha toʻlangan soliq summalari qanday tartibda qaytariladi?
Soliq kodeksining 91-moddasiga muvofiq tugatilayotgan yuridik shaxsning soliqlar boʻyicha qarzi boʻlmagan taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi shu yuridik shaxsga Kodeksda…
Soliq kodeksining 91-moddasiga muvofiq tugatilayotgan yuridik shaxsning soliqlar boʻyicha qarzi boʻlmagan taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi shu yuridik shaxsga Kodeksda belgilangan tartibda u ariza bergan kundan eʼtiboran 15 kundan kechiktirmay qaytarilishi lozim.
Soliq toʻlovchi tomonidan ariza taqdim etilmagan taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reyestridan chiqarilgan soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi.