Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +12° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Fargʻonada qarama-qarshi yoʻlga chiqib harakatlangan 20 yoshli Tahoe haydovchisi YTH sodir etdi (video)

Joriy yilning 14 dekabr kuni soat 13:00 atrofida Margʻilon shahrida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmatining xabar berdi. Maʼlum boʻlishicha 2003 yilda tugʻilgan Yu.M.…

Кирилл
Fargʻonada qarama-qarshi yoʻlga chiqib harakatlangan 20 yoshli Tahoe haydovchisi YTH sodir etdi (video)

Joriy yilning 14 dekabr kuni soat 13:00 atrofida Margʻilon shahrida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmatining xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha 2003 yilda tugʻilgan Yu.M. Tahoe rusumli avtomobilni boshqarib, Margʻilon shahar “A.Yassaviy” va “Tinchlik” koʻchalari kesishgan chorrahaga yaqinlashib kelayotgan vaqtida, yoʻlning qarama-qarshi yoʻnalishiga chiqib harakatlanishi oqibatida oʻz yoʻnalishida harakatlanib kelayotgan Tico rusumli transport vositasi bilan toʻqnashuv sodir etgan.

Natijada Tico rusumli avtomobil haydovchisi va bir nafar yoʻlovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid