Chorshanba, 11-noyabr, 2026 Toshkent +3° USD 11 974,02 EUR 13 432,46 RUB 144,58

Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot

Aholi murojaatlari bilan ishlash, muammo va takliflar asosida joylardagi masalalarni hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Termiz shahrida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi. Unda viloyatdagi tashkilot va idoralar…

Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot

Aholi murojaatlari bilan ishlash, muammo va takliflar asosida joylardagi masalalarni hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan Termiz shahrida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Unda viloyatdagi tashkilot va idoralar rahbarlari, xususan viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Erkin Narmanov ishtirok etib, fuqarolarning turli mazmundagi murojaatlarini tingladi.

Sayyor qabul davomida asosan soliq sohasiga oid muammo va takliflar koʻrib chiqildi.

Yillik deklaratsiya asosida olinadigan daromadlar va soliq qarzdorligi bilan bogʻliq murojaatlar joyida hal etilib, koʻchma savdo va oilaviy korxona faoliyatini yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan fuqarolarga zaruriy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Mavzuga oid