Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +8° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Jizzaxda Gentra transformatorga borib urildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sharof Rashidov tumani “Soʻgʻdiyona” MFY hududida Gentra avtomobili transformatorga urib ketishi oqibatida elektr taʼminotida uzilish boʻlgani toʻgʻrisida xabar tarqaldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax…

Кирилл
Jizzaxda Gentra transformatorga borib urildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sharof Rashidov tumani “Soʻgʻdiyona” MFY hududida Gentra avtomobili transformatorga urib ketishi oqibatida elektr taʼminotida uzilish boʻlgani toʻgʻrisida xabar tarqaldi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax hududiy filiali xabariga koʻra, “Soʻgʻdiyona” MFY hududidagi “Gandumtosh” tarmogʻidan chiquvchi 257-sonli transformatorni Gentra avtomobili urib ketishi oqibatida elektr taʼminoti uzilgan. Haydovchiga tan jarohati yetmagan.

Ayni paytda voqea joyiga tuman elektr taʼminoti korxonasi masʼullari tomonidan zaxira transformatori olib kelinib, transformatorni almashtirish va elektr taʼminotini tiklash ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid