Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +13° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

JONKUYaR USTOZLARNING MEHNATI MUNOSIB TAQDIRLANDI

Taʼlim tizimidagi uzoq yillik samarali mehnatlari uchun surxondaryolik 4 nafar ustozlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan «Xalq taʼlimi aʼlochisi» koʻkrak nishoniga munosib koʻrildi. Bugun Surxondaryo viloyati…

Кирилл
JONKUYaR USTOZLARNING MEHNATI MUNOSIB TAQDIRLANDI

Taʼlim tizimidagi uzoq yillik samarali mehnatlari uchun surxondaryolik 4 nafar ustozlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri tomonidan «Xalq taʼlimi aʼlochisi» koʻkrak nishoniga munosib koʻrildi.


Bugun Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda boshqarma boshligʻi X.Mamadiyev tomonidan ushbu koʻkrak nishonlari oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Boshqarma boshligʻi tadbir davomida ustozlarning sohadagi jonkuyarliklarini eʼtirof etib, ularga minnatdorchilik bildirdi.

«Xalq taʼlimi aʼlochisi» koʻkrak nishoniga sazovor boʻlgan surxondaryolik oʻqituvchilar:

  1. Sharofat Qobilova – Boysun tumanidagi 17-maktab oʻqituvchisi;
  2. Abdurayim Korolov – Muzrabot tumanidagi 18-maktab oʻqituvchisi;
  3. Zebiniso Nazarova – Uzun tumanidagi 14-maktab oʻqituvchisi;
  4. Boʻrixol Sattorova – Shoʻrchi tumanidagi 12-maktab oʻqituvchisi.
Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid