Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +10° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

KADASTR TIZIMI – FUQAROLAR XIZMATIDA

Kuni kecha 🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o’rinbosari Nozimjon Inamov tomonidan Surxondaryo viloyati,…

Кирилл
KADASTR TIZIMI – FUQAROLAR XIZMATIDA

Kuni kecha 🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o’rinbosari Nozimjon Inamov tomonidan Surxondaryo viloyati, Sherobod tumanida aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini o‘rganish maqsadida SAYYOR QABULI bo`lib o‘tdi.

Sayyor qabulda jami 36 nafar tadbirkor va fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

🫥 Sayyor qabulga yig‘ilgan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, köchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, va shunga o’xshash boshqa kadastr bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi.

🫥 Tashkil etilgan sayyor qabulda 12 nafar murojaatchining murojaati joyida ijobiy hal etildi.
🫥 14 nafar murojaatchiga huquqiy tushunchalar berildi.
🫥10 nafar murojaatchining murojaatlari o‘rganish uchun tegishli tuman bo‘lim va filial rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid