Shanba, 14-noyabr, 2026 Termiz +7° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

KADASTR TIZIMI – FUQAROLAR XIZMATIDA Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari M.Mirmaksudov hamda Davlat…

KADASTR TIZIMI – FUQAROLAR XIZMATIDA Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari M.Mirmaksudov hamda Davlat kadastrlari palatasi raisi…

Кирилл
KADASTR TIZIMI – FUQAROLAR XIZMATIDA Kuni kecha O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari M.Mirmaksudov hamda Davlat…


KADASTR TIZIMI – FUQAROLAR XIZMATIDA

Kuni
kecha  O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari M.Mirmaksudov hamda Davlat kadastrlari palatasi raisi o’rinbosari A.Suyunov   tomonidan Surxondaryo viloyati, Denov tumanida aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabuli bo`lib o‘tdi. Sayyor qabulda jami 50 nafar tadbirkor va fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabulga yig‘ilgan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, köchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish,  va shunga o’xshash boshqa kadastr bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi.

Tashkil etilgan sayyor qabulda 18 nafar murojaatchining murojaati joyida ijobiy hal etildi. 10 nafar murojaatchiga huquqiy tushunchalar berildi.
22 nafar murojaatchining murojaatlari o‘rganish uchun tegishli tuman bo‘lim va filial rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid