Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Kasbga sadoqat, burch va masʼuliyat – muvaffaqiyat garovi!

Soliq xizmati organlarida korruptsion huquqbuzarliklarning oldini olish, sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etish hamda jamoada korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida «Korruptsiyaga qarshi birgalikda…

Kasbga sadoqat, burch va masʼuliyat – muvaffaqiyat garovi!

Soliq xizmati organlarida korruptsion huquqbuzarliklarning oldini olish, sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etish hamda jamoada korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida «Korruptsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz» shiori ostida soliq xodimlarining yaqin qarindoshlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

Viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi Erkin Narmanov davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi boʻlish naqadar sharafli va masʼuliyatli kasb ekanligini taʼkidlab, iqtisodiyotimiz rivoji, mamlakat taraqqiyoti yoʻlida xizmat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan oila-aʼzolariga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Mavjud korruptsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish, farzandlari va yaqinlarini bu xavfli illat tuzogʻiga tushishdan asrash uchun jamoada ham oilada ham korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishning muhim ahamiyati tushuntirildi.

Shuningdek, viloyat soliq xizmati organlarida samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh soliq xodimlarining ota-onalari, turmush oʻrtoqlari va yaqin qarindoshlariga viloyat soliq boshqarmasi boshligʻining tashakkurnomalari topshirilib,  soha rivojidagi fidoyi mehnatlari alohida eʼtirof etildi.

–  Oʻgʻlim soliq tizimida mehnat qilayotganidan doimo faxrlanib yursamda, lekin bu kasbning masʼuliyatini toʻliq his qilmagan ekanman”, – deydi Bandixon tumani soliq inspektsiyasi xodimi Zafar Oʻroqovning onasi Oyimxol Oʻroqova. – Toʻgʻri hamma kasbning oʻziga yarasha qiyinchiligi, mashaqqati boʻladi, ammo soliq xodimining masʼuliyati, yurt rivoji yoʻlidagi zahmatli mehnati naqadar muhimligini bugungi uchrashuvda angladim.

Shu bilan birga shunday sharafli va masʼuliyatli kasbidan qadr topib, mehnati olqishlanganligidan, farzandimiz ortidan biz ota-onalar rahmat eshitganimizdan juda ham quvondim.

Darhaqiqat yurt koriga kamarbasta farzandlarni voyaga yetkazish va ularning ortidan yaxshi gaplar eshitishdanda yuksakroq baxt boʻlmasa kerak.

Mavzuga oid