Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +9° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Koʻmir yetkazib berishdagi talon-torojliklar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxiatosh tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «U.E.» MChJ masʼul shaxslari davlat xususiy sherikchilik bitimga asossan tumandagi 49 ta ijtimoiy soha…

Кирилл
Koʻmir yetkazib berishdagi talon-torojliklar fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Taxiatosh tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «U.E.» MChJ masʼul shaxslari davlat xususiy sherikchilik bitimga asossan tumandagi 49 ta ijtimoiy soha obʼektlarini isitish mavsumida koʻmir bilan uzluksiz taʼminlash uchun ajratilgan mablagʻlarning 452,3 mln soʻmini boshqa maqsadlarga sarflab, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Baliqchi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Koʻmir taʼminot» MChJning Shahrixon koʻmir ombori masʼul shaxslari aholiga imtiyozli narxda 612,3 tonna koʻmir sotilganligi toʻgʻrisida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, ushbu koʻmirni bozor narxida boshqa shaxslarga sotib yuborganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid