Shanba, 14-noyabr, 2026 Termiz +15° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

Maktabga kitoblar sovgʻa qilindi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan kitobxonlikni keng targʻib qilish, oʻgʻil-qizlarga kitobga mehr uygʻotish hamda har bir rahbarning oʻzi oʻqigan maktab kutubxonasiga kitob sovgʻa qilishga doir ezgu…

Кирилл
Maktabga kitoblar sovgʻa qilindi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan kitobxonlikni keng targʻib qilish, oʻgʻil-qizlarga kitobga mehr uygʻotish hamda har bir rahbarning oʻzi oʻqigan maktab kutubxonasiga kitob sovgʻa qilishga doir ezgu tashabbusiga binoan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo hududiy filiali direktori Maʼrufjon Shamsiddinov  oʻzi tahsil olgan Boysun tumani “Munchoq” mahallasidagi 37-maktabga oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat kitoblar jamlamasini sovgʻa qildi.

Har bir inson kamolotida oʻqituvchi-murabbiylarning oʻrni beqiyosdir. Shu bois, Maʼrufjon Shamsiddinov maktab jamoasiga yuksak hurmat-ehtirom koʻrsatib,
oʻz navbatida ilm dargoxida  oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan  tanishdi.

Bunday xayrli tashabbus joylarda tobora keng quloch yozib, oʻsib kelayotgan yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, ularning tafakkur olamini boyitish va ijtimoiy hayotning faol aʼzolari boʻlib yetishishlariga katta turki berishi shubhasiz.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid