Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +8° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Mast holda avtomobil boshqargan shaxslarning transport vositalari davlat foydasiga musodara etilayotgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mast holda avtomobil boshqargan shaxslarning transport vositalari davlat foydasiga musodara etiladi” degan xabarlar tarqaldi. Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bu xabarlar haqiqatga toʻgʻri…

Кирилл
Mast holda avtomobil boshqargan shaxslarning transport vositalari davlat foydasiga musodara etilayotgani rostmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mast holda avtomobil boshqargan shaxslarning transport vositalari davlat foydasiga musodara etiladi” degan xabarlar tarqaldi.
Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bu xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.

Mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish haqidagi loyiha ishlab chiqilgan. Loyihada ushbu qoidabuzarlik takroran sodir etilsa jinoiy javobgarlik belgilash ham taklif etilgan.

“Mazkur loyihada mast holda avtomobil boshqarganlik uchun jazo sifatida “transport vositasini davlat foydasiga musodara qilish” taklif etilmaganligini maʼlum qilamiz” deyiladi xabarda.

Tarmoqlardagi ayrim sahifalarning adminlaridan asossiz maʼlumot tarqatib, jamoatchilikni chalgʻitmasliklarini soʻraldi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid