MENING MAHALLAM- MENING SUDYaM
Shoʻrchi tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, odam savdosi bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarga qarshi kurashish, muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar hamda mahalla hududlarida huquqbuzarliklarni oldini…
Shoʻrchi tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, odam savdosi bilan bogʻliq boʻlgan jinoyatlarga qarshi kurashish, muqaddam sudlanganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar hamda mahalla hududlarida huquqbuzarliklarni oldini olish va unga qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, giyoxvandlikka qarshi kurash, firibgarlik, talonchilik xamda fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash va ularning xuquqlarini himoya qilish maqsadida muntazam ravishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan targʻibot tadbirlari oʻtkazilib kelinmoqda.
Xususan, Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudi tomonidan hududlarda sodir etilgan jinoyatlarni tez fursatlarda fosh etish, pasport-viza rejimiga rioya qilishni taʼminlash, fuqarolarning xaq-huquqlarini himoya qilish, diniy-ekstremizm va terrorizmga, giyoxvandlik hamda odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlarga qarshi kurash yuzasidan chora-tadbirlar belgilanganligi, maktab oʻqutuvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsga kelib ketishlarini nazoratga olingan.
Shuningdek, Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudining tergov sudyasi Sh.Qodirov “Mening mahallam – mening sudʼyam” dasturi asosida tuman sudi tomonidan doimiy ravishda huquqiy targʻibot oʻtkazilayotganligi, fuqarolarni sud-huquq sohasidagi muammolari yuzasidan tushuntirish berilishini, barcha murojaatlar oʻrganilib, muallifiga maʼlum qilinishini, savollar yuzaga kelganda “Mening mahallam – mening sudyam” shiori asosida jinoyat sudining ishonch telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkinligini aytib oʻtdi.
Sh.Qodirov,
Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudining tergov sudyasi