Muzqaymoq stomatitni davolashi haqida bilarmidingiz?
Koʻpincha yosh bolalarning ogʻiz boʻshligʻida, asosan milkida mayda pufakchalar, yaʼni stomatitlarga koʻzimiz tushadi. Buni qarangki, kattalarda ogʻiz boʻshligʻining yalligʻlanish kasalligi tomoqda stomatit koʻrinishida namoyon boʻlar ekan.…
Koʻpincha yosh bolalarning ogʻiz boʻshligʻida, asosan milkida mayda pufakchalar, yaʼni stomatitlarga koʻzimiz tushadi. Buni qarangki, kattalarda ogʻiz boʻshligʻining yalligʻlanish kasalligi tomoqda stomatit koʻrinishida namoyon boʻlar ekan.
➡️Stomatitda eng katta yordam – bu ogʻriqsizlantirish. Buning uchun eng keng tarqalgan ogʻriq qoldiruvchi preparatlarga murojaat qilish kerak.
➡️Dori vositalari topilmagan vaziyatda esa, qanchalik gʻalati eshitilmasin, muzqaymoq isteʼmol qilish kerak. U stomatitda yaxshigina ogʻriqsizlantiruvchi taʼsirga ega. Biz doim ogʻriqli joyni isitishga oʻrgangan boʻlsak-da, sovuq va yoqimli taʼm ogʻiz boʻshligʻi kasalliklarining yengilroq oʻtishiga yordam beradi.
⚠️Parhez haqida ham unutmaslik darkor. Ayniqsa, qaynoq, achchiq yoki nordon yeguliklar bilan ogʻriqli ogʻiz boʻshligʻingizni “qiynamang”.