Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +8° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Noqulay ob-havo sabab Buxoro aeroporti faoliyati cheklandi

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli ikkita reys Samarqand va Navoiydagi muqobil aerodromlarga yoʻnaltirildi. “Turkish Airlines” aviakompaniyasining Istanbul-Buxoro yoʻnalishida TK-266 reysini amalga oshirayotgan samolyot chang…

Кирилл
Noqulay ob-havo sabab Buxoro aeroporti faoliyati cheklandi

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli ikkita reys Samarqand va Navoiydagi muqobil aerodromlarga yoʻnaltirildi.

“Turkish Airlines” aviakompaniyasining Istanbul-Buxoro yoʻnalishida TK-266 reysini amalga oshirayotgan samolyot chang boʻroni tufayli belgilangan aeroportga qoʻna olmadi.

Ekipaj Samarqanddagi muqobil aerodromga uchishga qaror qildi. Mahalliy vaqt bilan soat 15:20 da bortida 62 yoʻlovchi boʻlgan samolyot Samarqand aeroportiga qoʻndi.

“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent-Buxoro yoʻnalishi boʻyicha HY-23 reysini amalga oshirayotgan samolyot Navoiydagi muqobil aerodromga yoʻl oldi. Toshkent vaqti bilan soat 15:25 da bortida 139 nafar yoʻlovchi boʻlgan samolyot Navoiy aeroportiga qoʻndi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid