Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +11° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Oʻzbekiston kompaniyasi Yaponiya sanktsiyalariga duchor boʻldi

Yaponiya hukumati Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi sanktsiyalarning navbatdagi paketi doirasida Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, BAA va Oʻzbekistonning 11 xorijiy kompaniyasiga nisbatan cheklovlar joriy etayotganini…

Oʻzbekiston kompaniyasi Yaponiya sanktsiyalariga duchor boʻldi

Yaponiya hukumati Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga qarshi sanktsiyalarning navbatdagi paketi doirasida Hindiston, Qozogʻiston, Xitoy, BAA va Oʻzbekistonning 11 xorijiy kompaniyasiga nisbatan cheklovlar joriy etayotganini maʼlum qildi. 

Eʼlon qilingan roʻyxatlarga koʻra, sanktsiyalar Xitoyning yettita kompaniyasiga, jumladan Alpha Trading Investments, Guangzhou Ausay Technology va Shenzhen Biguang Trading kompaniyalariga taʼsir koʻrsatdi. BAA, Hindiston, Qozogʻiston va Oʻzbekistonning har biriga bittadan kompaniya – Sun Ship Management, Si2 Microsystems, Elem Group va Mvizion LLC toʻgʻri keldi.

Oʻzbekiston Mvizion va Rossiyaning Hartis DV kompaniyalari elektron butlovchi qismlarni yetkazib berish bilan shugʻullanadi. Oʻzbekiston korxona va tashkilotlarining yagona davlat reyestriga koʻra, Mvizion 2022 yil iyun oyida roʻyxatga olingan. Kompaniyaning ustav kapitali 1 million dollarni tashkil etadi.

Bungacha Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan ushbu kompaniya AQSh va Buyuk Britaniyaning sanktsiyalar roʻyxatiga kiritilgandi. 

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid