Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +9° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasida bojxona ishlari boʻyicha oʻzaro koʻmaklashishga oid bitim tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-27-son, 17.01.2024 y.) qabul qilindi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi. Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida Bojxona…

Кирилл
Oʻzbekiston va Janubiy Koreya oʻrtasida bojxona ishlari boʻyicha oʻzaro koʻmaklashishga oid bitim tasdiqlandi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-27-son, 17.01.2024 y.) qabul qilindi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Qarorga koʻra, Oʻzbekiston va Koreya Respublikasi Hukumatlari oʻrtasida Bojxona ishlarida oʻzaro koʻmaklashish toʻgʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisidagi bayonnoma tasdiqlandi.

Mazkur bayonnoma 2023 yil 22 sentyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekistonning majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid