Oʻzbekistonda badiiy tarjima sohasidagilar uchun yangi xalqaro mukofot beriladi
“Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq, Badiiy tarjima sohasida Muxammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot…
“Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.
Qarorga muvofiq, Badiiy tarjima sohasida Muxammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot uchun hujjatlarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish, gʻoliblarni aniqlash va taqdirlash tartibini belgilaydi.
Mukofot oʻzbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini xorijiy tillarga, jahon adabiyotining eng sara namunalarini oʻzbek tiliga tarjima qilishni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, faol ijod qilayotgan mohir tarjimonlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish, badiiy tarjimaning saviyasini yanada oshirish hamda mamlakatimizda adabiyot va kitobxonlikni keng ommalashtirish maqsadida joriy etiladi.
Nizomda:
- Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotga hujjatlarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish, gʻoliblarii aniqlash tartibi;
- xalqaro mukofot beriladigan yoʻnalishlar;
- oʻzbek badiiy tarjima maktabini rivojlantirish hamda xalqlar oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashda alohida ahamiyatga ega boʻlgan tarjima asarlar uchun ragʻbatlantiruvchi mukofotlar berish.
Mazkur Nizomga muvofiq, gʻoliblarni aniqlash va taqdirlash boʻyicha qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 iyundagi PQ-205-son qarori bilan tuzilgan Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot kengashi tomonidan qabul qilinadi.
Kengash qarorlari Kengash yigʻilishining bayoni bilan rasmiylashtiriladi va Kengash raisi yoki yigʻilishga raislik qilgan Kengash raisining oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Kengashning ishchi organi hisoblanadi.
Tanlov ikki yilda bir marta oʻtkazilib, gʻoliblarga Xalqaro mukofotni tantanali topshirish sanasi Kengash tomonidan belgilanadi.