Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +10° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Oʻzbekistonda yogʻingarchilik va sovuq davom etadi

“Oʻzgidromet” joriy haftada kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Maʼlum qilinishicha, qishning soʻnggi kunlari va bahorning birinchi kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi. 26-29…

Кирилл
Oʻzbekistonda yogʻingarchilik va sovuq davom etadi

“Oʻzgidromet” joriy haftada kutilayotgan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Maʼlum qilinishicha, qishning soʻnggi kunlari va bahorning birinchi kuni Oʻzbekiston hududi boʻyicha ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi.

26-29 fevral va 1 mart kunlari respublikaning koʻpchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va bugun kunduzi Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Ushbu kunlarda respublika boʻyicha meʼyordan 2-5o ga past boʻlgan harorat saqlanib turadi. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, shimolda 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq atrofida boʻladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushadi.
Togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Qor koʻchishi xavfi bor.
Poytaxtda: bugun kunning birinchi yarmida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin.

28 fevral va 1 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. Haftaning qolgan kunlari esa asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda.
Harorat kechalari 1-4 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-6 daraja iliq boʻladi.
Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esdi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid