Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +9° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Oʻzbekistonliklar yangi yilda necha kun dam oladi?

Oʻzbekistonda barcha xodimlar ish haftasining turidan qatʼi nazar Yangi yil bayramida ketma-ket 4 kun dam olishi mumkin. Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.2022 yildagi “2023 yilda rasmiy sanalarni…

Кирилл
Oʻzbekistonliklar yangi yilda necha kun dam oladi?

Oʻzbekistonda barcha xodimlar ish haftasining turidan qatʼi nazar Yangi yil bayramida ketma-ket 4 kun dam olishi mumkin.
Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.2022 yildagi “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PF-270-son Farmoniga koʻra, 30 dekabr — shanba 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Shunga koʻra, Yangi yilda ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishlari mumkin. Yaʼni: 30 dekabr — shanba, 31 dekabr — yakshanba, 1 yanvar — dushanba .

“Mehnat huquqi” telegram kanali maʼlumotlarida qayd etilishicha, “2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini koʻchirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasiga koʻra, 2024 yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda koʻchirilishi mumkin:
6 yanvar — shanba kunidan 2 yanvar — seshanba kuniga. Shunda 2 yanvar seshanba 5 kunliklar uchun dam olish hisoblanib, 6 yanvar — shanba esa ish kuni boʻladi.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 2 yanvar seshanba qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilanishi mumkin.
Biroq, bu hozircha loyiha, Farmon eʼlon qilinsa, barchasi aniq boʻladi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid