Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +10° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Oʻzbekistonning shahar joylarida nikoh qayd etilishi koʻpaydi

Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024 yilning yanvar-fevral oylarida FHDYo organlarida qayd etilgan nikohlar soni 35 067 nafarni tashkil etgan. Mazkur nikohlarning 1 515 nafari yoki 4,3 % i…

Кирилл
Oʻzbekistonning shahar joylarida nikoh qayd etilishi koʻpaydi

Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda 2024 yilning yanvar-fevral oylarida FHDYo organlarida qayd etilgan nikohlar soni 35 067 nafarni tashkil etgan.

Mazkur nikohlarning 1 515 nafari yoki 4,3 % i farzandli fuqarolar ishtirokida qayd etilgan.

Qayd etilishicha, shahar joylarda yil boshidan qayd etilgan nikohlar soni oshgan
Yaʼni 2024 yilning yanvar-fevral oyida Oʻzbekistonda FHDYo organlarida shahar joylarda 16 310 ta nikoh holatlari qayd etilgan.

Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1 272 taga yoki 8,5 % ga oshgan.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid