Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +10° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Poʻlat Bobojonov Qashqadaryo viloyati IIBga yangi boshliq tayinladi

Polkovnik Abduvohid Ismoilov Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari xabar berdi. Abduvohid Ismoilov1965 yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan. Bugungacha u Surxondaryo…

Кирилл
Poʻlat Bobojonov Qashqadaryo viloyati IIBga yangi boshliq tayinladi

Polkovnik Abduvohid Ismoilov Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari xabar berdi.
Abduvohid Ismoilov1965 yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan. Bugungacha u Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Viloyat hokimligida oʻtkazilgan tayinlov tadbirida ichki ishlar vaziri Poʻlat Bobojonov ishtirok etdi.

Eslatib oʻtamiz, 2023 yil iyul oxirlarida Fargʻonada prezident boshchiligida boʻlib oʻtgan yigʻilishda faoliyatida yoʻl qoʻygan kamchiliklar uchun Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Muhiddin Joʻrayev lavozimidan ozod etilgandi. Uning oʻrniga ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general mayor Azizbek Ikramov Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangan.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid