Shanba, 14-noyabr, 2026 Termiz +7° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

Prezident yangi infratuzilma obyektlarini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi infratuzilma obyektlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi bilan tanishdi. So‘nggi yillarda poytaxt aholisi ham, yangi hududlarda ham…

Кирилл
Prezident yangi infratuzilma obyektlarini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi infratuzilma obyektlari, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi bilan tanishdi.

So‘nggi yillarda poytaxt aholisi ham, yangi hududlarda ham ko‘payib bormoqda. Shunga mos ravishda infratuzilma imkoniyatlari ham ortib bormoqda.

Xususan, Shayxontoxur tumanida, “Paxtakor” stadioni yonida yangi podstansiya qurildi. Loyiha doirasida “Traktorsoz” nimstansiyasidan 19 kilometrdan ortiq kabel tortilib, 2 ta transformator o‘rnatildi. Inshoot keyingi oyda foydalanishga topshiriladi. Natijada poytaxt markazida quvvati 130 megavatt bo‘lgan qo‘shimcha quvvat manbai paydo bo‘ladi. Shahardagi boshqa podstansiyalarga yuklama kamayadi, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish ehtimoli esa 60 foizga kamayadi.

Davlatimiz rahbari shu yerda Toshkent shahri elektr taʼminoti tizimini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha taqdimot bilan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, ayni paytda yana 5 ta podstansiya qurilib, 4 tasi modernizatsiya qilinmoqda, ular jami 850 megavatt quvvat beradi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid