Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!
Tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar davom etmoqda Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimining tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda vohamizda faoliyat yuritayotgan 1000 dan ortiq tadbirkorlar hamda…
Tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar davom etmoqda
Termiz shahrida Surxondaryo viloyati hokimining tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Unda vohamizda faoliyat yuritayotgan 1000 dan ortiq tadbirkorlar hamda mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida xususiy sektor vakillari uchun seminar-trening tashkil etilib, mamlakatimizda tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida berilayotgan keng imkoniyatlar, xususan soliq sohasiga oid imtiyoz va preferentsiyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.
Viloyat soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan 2025 yildan soliq solish tartibiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, soliq stavkalari, tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini baholash tartibi – barqarorlik reytingi atroflicha tushuntirilib, ishtirokchilarning soliq sohasiga oid savollariga batafsil javoblar berildi.