Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +12° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Qashqadaryoda boʻrini tutib olib qiynoqqa solishdi (video) Davlat raqami 70 Y 991 HA boʻlgan NEXIA rusumli avtomashina egalari bir dona boʻrini tutib olib qiynoqqa solishgan. Keyin boʻrini davlat raqami 70…

Qashqadaryoda boʻrini tutib olib qiynoqqa solishdi (video) Davlat raqami 70 Y 991 HA boʻlgan NEXIA rusumli avtomashina egalari bir dona boʻrini tutib olib qiynoqqa solishgan. Keyin boʻrini davlat raqami 70 B 474 SA boʻlgan…

Кирилл
Qashqadaryoda boʻrini tutib olib qiynoqqa solishdi (video) Davlat raqami 70 Y 991 HA boʻlgan NEXIA rusumli avtomashina egalari bir dona boʻrini tutib olib qiynoqqa solishgan. Keyin boʻrini davlat raqami 70…

Qashqadaryoda boʻrini tutib olib qiynoqqa solishdi (video)

Davlat raqami 70 Y 991 HA boʻlgan NEXIA rusumli avtomashina egalari bir dona boʻrini tutib olib qiynoqqa solishgan. Keyin boʻrini davlat raqami 70 B 474 SA boʻlgan avtomashinaga yuklashgani aks etgan video murojaat kelib tushdi. Bu haqda ekolog.uz kanali xabar beradi.

Boʻrini qoʻyib yuborish oʻrniga uni turli koʻylarga solib qiynashgan. Video yakunida uni boshqa mashinaga yuklayotgan shaxs boʻrini faqatgina bitta shart bilan, yaʼni uning quloqlarini kesib berishsagina mashinasiga yuklashini bildirgan.

Voqea qachon va qayerda boʻlgan, boʻrining keyingi taqdiri nima bilan tugagani bizga nomaʼlum. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligidan ushbu holatni oʻrganib munosabat bildirishlarini, hamda ushbu shaxslarga qonuniy jazo choralari koʻrishlarini soʻraymiz, deyiladi xabar soʻngida.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid