Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +10° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Qashqadaryoda namanganlik bloger tovlamachilik uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Bu haqda Qashqadaryo viloyat sudi axborot xizmati maʼlum qildi. Maʼlum qilinishicha, 2024 yil 29 yanvar kuni jinoyat ishlari boʻyicha Nishon tuman sudida A.Abjalilov (1974 yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, blogerlik faoliyati…

Кирилл
Qashqadaryoda namanganlik bloger tovlamachilik uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Bu haqda Qashqadaryo viloyat sudi axborot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, 2024 yil 29 yanvar kuni jinoyat ishlari boʻyicha Nishon tuman sudida A.Abjalilov (1974 yilda Namangan viloyatida tugʻilgan, blogerlik faoliyati bilan shugʻullangan, “Achchiq haqiqat” MChJ rahbari) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilingan.

Eʼlon qilingan sud hukmiga muvofiq A. Abjalilov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi.

Birinchi instantsiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Qashqadaryo viloyat sudiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi maʼlum qilinadi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid