Dushanba, 16-noyabr, 2026 Termiz +13° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

Samarqandda I. Karimovni xotirlash tadbirlari oʻtkazildi

Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash tadbirlari oʻtkazildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi…

Кирилл
Samarqandda I. Karimovni xotirlash tadbirlari oʻtkazildi

Samarqand shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotirlash tadbirlari oʻtkazildi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 25 yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, har yili 2 sentyabr Islom Karimov xotirasi kuni sifatida, bu ulugʻ insonni yod etish, hayoti va faoliyatini oʻrganish bilan bogʻliq tadbirlar oʻtkazilishi anʼanaga aylandi.
Viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari dastlab Samarqand shahridagi Islom Karimov maqbara-majmuasini ziyorat qildi.
Qurʼon tilovat qilindi. 
Birinchi Prezidentimizning davlatimiz mustaqillikka erishishi va taraqqiyoti yoʻlidagi xizmatlari yodga olindi.
Shundan soʻng viloyat jamoatchiligi vakillari Registon maydoni yaqinida oʻrnatilgan Islom Karimov haykali poyiga gullar qoʻydilar.
Tadbirlarda Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ishtirok etdi.

(OʻzA)

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid