Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +9° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Samarqandda moliyaviy piramida tashkil etgan MCHJ aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro H.H. va boshqalar “Samarqand credit” nomli MCHJni tashkil…

Кирилл
Samarqandda moliyaviy piramida tashkil etgan MCHJ aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan fuqarolarning murojaatlariga asosan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro H.H. va boshqalar “Samarqand credit” nomli MCHJni tashkil etib, jismoniy shaxslarning mablagʻlarini jalb etishga doir faoliyatni amalga oshirib, “lnstagram” ijtimoiy tarmogʻida oldindan 20 foiz toʻlov qilib 5 xil turdagi kreditlarni uzoq muddatga olish mumkinligi haqida eʼlonlar berib, 45 nafar fuqaroga kredit ajratish evaziga 20 foizlik dastlabki toʻlov sifatida jami 479 mln soʻm naqd pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 188-1-moddasi (pul mablagʻlarini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid