Shavkat Mirziyoyev tugʻilgan kuni munosabati bilan tabrik yoʻllagan barchaga minnatdorlik bildirdi
“Mening shaʼnimga bildirilgan ushbu tabrik va tilaklarni yurtimizning yorugʻ kelajagiga boʻlgan ishonch ifodasi sifatida qabul qilaman”, – dedi Oʻzbekiston Prezidenti. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni…
“Mening shaʼnimga bildirilgan ushbu tabrik va tilaklarni yurtimizning yorugʻ kelajagiga boʻlgan ishonch ifodasi sifatida qabul qilaman”, – dedi Oʻzbekiston Prezidenti.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud kuni munosabati bilan qutlab, oʻzlarining samimiy tabriklari va ezgu tilaklarini yoʻllagan xorijiy davlatlar, hukumat va parlamentlar rahbarlari, siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, xalqaro tashkilotlar yetakchilariga, yurtimizdagi mahallalar ahli va mehnat jamoalariga, barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorlik bildirdi.
“Mening shaʼnimga bildirilgan ushbu tabrik va tilaklarni eng avvalo Oʻzbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga va yurtimizning yorugʻ kelajagiga boʻlgan ishonch ifodasi sifatida qabul qilaman.
Fursatdan foydalanib, mehnatkash, bagʻrikeng va olijanob xalqimizga yana bir bor chin yurakdan oʻzimning cheksiz farzandlik mehrim va hurmatimni bildiraman.
Ishonchim komil, el-yurtimizning fidokorona mehnati, ulkan bunyodkorlik salohiyati va hamjihatligi bilan Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha oʻz oldimizga qoʻygan buyuk maqsadlarga albatta yetamiz”, – deydi davlat rahbari.