Soliq xodimlari ishtirokida psixologik trening oʻtkazildi
Davlat soliq xizmati organlarida oʻtkazilayotgan “Korruptsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati soliq xizmati xodimlari uchun “Korruptsiyaviy huquqbuzarliklarga moyillik: sabab boʻluvchi omillar va bartaraf…
Davlat soliq xizmati organlarida oʻtkazilayotgan “Korruptsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati soliq xizmati xodimlari uchun “Korruptsiyaviy huquqbuzarliklarga moyillik: sabab boʻluvchi omillar va bartaraf etish yoʻllari” mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Termiz davlat universiteti katta oʻqituvchisi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Xadicha Sharafutdinova har qanday huquqbuzarlik maʼnaviy va ahloqiy qadriyatlarga befarqlik natijasida kelib chiqishini taʼkidlab, eng avvalo mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritdi.
Korruptsion xulq-atvorning oʻziga xos belgilari, korruptsioner shaxslarning tiplari toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berilib, korruptsiyaga qarshi kurarshishning ijtimoiy-psixologik yoʻnalishlari tushuntirildi.
Taʼkidlanganidek aholining huquqiy savodxonligini oshirish, inson huquq va manfaatlarini himoyalash, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish korruptsiyaga qarshi kurashishning eng samarali usullaridir.