Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +15° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Surxondaryo viloyat sudlari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi

Mamlakatimizda soʻnggi yillarda sud-huquq islohotlari yoʻlida koʻplab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa sudyalarning mustaqiligini taʼminlash natijasida amalga oshirilgan islohotlar fuqarolarning huquq va erkinlarini…

Кирилл
Surxondaryo viloyat sudlari tomonidan sayyor qabul tashkil etildi


Mamlakatimizda soʻnggi yillarda sud-huquq islohotlari yoʻlida koʻplab ijobiy ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa sudyalarning mustaqiligini taʼminlash natijasida amalga oshirilgan islohotlar fuqarolarning huquq va erkinlarini toʻlaqonli taʼminlanish, buzilgan huquqlarni tiklashga xizmat qilayotir.
Sayyor qabulda 30 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari koʻrib chiqildi. Sayyor qabul jarayonida maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shikoyat bergan 6 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi, shundan 4 nafar fuqarolarning murojaatlari boʻyicha ish materiali koʻrib chiqilib, maʼmuriy ish Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 271-moddasi 1-qismiga asosan tugatildi. 2 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi.


Jazoning samaradorligi jazoning roli va mohiyatini qanchalik toʻgʻri tushunishga bogʻliqdir. Oʻtkazilgan sayyor qabulda 10 nafar probatsiya nazorati ostida jazoni oʻtayotgan, tayinlangan jazo uchun oʻrnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda boʻlgan mahkumlarga nisbatan insonparvarlik tamoyili qoʻllanalib, ular jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindilar.

Jinoyat ishlari boʻyicha Shoʻrchi tuman sudining sudyasi Sh.Qodirov

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid