Payshanba, 12-noyabr, 2026 Toshkent +1° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Surxondaryo viloyatiga prokuror tayinlandi

Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Bekovich Bobojonov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Baxtiyor…

Surxondaryo viloyatiga prokuror tayinlandi

Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Bekovich Bobojonov Surxondaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Baxtiyor Bobojonov tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi lavozimida ishlagan.

2019 yilning 19 sentyabridan Surxondaryo viloyati prokurori sifatida faoliyat yuritgan adliya katta maslahatchisi Sadriddin Abdullayevich Turdiyev  lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning iyul oyida Andijon viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Maʼrufxon Xoʻjayev “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlangandi. Shu oyda adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Toyirjonovich Ibrohimov Jizzax viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Sentyabrda esa adliya katta maslahatchisi Isroil Adhamov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. 24 oktyabrda esa Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirishga oid qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Murodulla Abduhakimov Andijon viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

Mavzuga oid