Shanba, 14-noyabr, 2026 Termiz +10° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

SURXONDARYoDA 15 TA MAHALLADA VOISh USULIDA UZUM YeTIShTIRISh YOʻLGA QOʻYILMOQDA

Viloyat davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan 4-sektor hududida 147 ta mahalla mavjud boʻlib, sektor rahbarlari tashabbusi bilan har bir tumanning 1 ta mahallasida voish usulida uzum yetishtirish yoʻlga qoʻyilmoqda.…

Кирилл
SURXONDARYoDA 15 TA MAHALLADA VOISh USULIDA UZUM YeTIShTIRISh YOʻLGA QOʻYILMOQDA

Viloyat davlat soliq xizmati organlariga biriktirilgan 4-sektor hududida 147 ta mahalla mavjud boʻlib, sektor rahbarlari tashabbusi bilan har bir tumanning 1 ta mahallasida voish usulida uzum yetishtirish yoʻlga qoʻyilmoqda. Barpo etilayotgan uzumzorlarga serhosil navli koʻchatlar ekilmoqda.Birgina, Qiziriq tumanidagi “Shodlik” mahallasi hududidagi “Iso Termiziy” koʻchasining 200 metr qismida voish barpo etilib, 200 tup “Kelin barmoq” va “Mersedes” navli uzum nihollari ekildi. Ushbu mahalla bejizga tanlanmadi. Chunki bu mahalada yashovchi fuqarolar uzum yetishtirish boʻyicha katta tajribaga ega.

Eʼtibor bering, 4-sektorga biriktirilgan 15 ta mahallada istiqomat qilib kelayotgan 1282 nafar aholi uchun qisqa muddat ichida metall konstruktsiyali voishlar barpo etildi. Umumiy uzunligi 2 ming 900 metrni tashkil etuvchi voishlarni qurish uchun fuqarolarning oʻz mablagʻlari va imtiyozli bank kreditlari hisobidan 2 milliard 289 million soʻm mablagʻ sarflandi.

Surxondaryo viloyat DSB Matbuot xizmati

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid