Shanba, 14-noyabr, 2026 Termiz +10° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

Surxondaryoda 62 ming 956 nafar oʼgʼil-qizlar 1-sinfga qabul qilindi

Boysun tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabi viloyatda ilk tashkil etilgan ta’lim dargohi bo’lib, 1176 nafar o’quvchiga mo’ljallangan. O’tgan o’quv yilida maktabni 49 nafar bitiruvchilar tamomlagan bo’lib, joriy o’quv…

Кирилл
Surxondaryoda 62 ming 956 nafar oʼgʼil-qizlar 1-sinfga qabul qilindi


Boysun tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabi viloyatda ilk tashkil etilgan ta’lim dargohi bo’lib, 1176 nafar o’quvchiga mo’ljallangan. O’tgan o’quv yilida
maktabni 49 nafar bitiruvchilar tamomlagan bo’lib, joriy o’quv yilida 118 nafar 1-sinf o’quvchilari ushbu maskanga qabul qilinmoqda.  Yangi o’quv yilida maktab o’quvchilarining soni 1132 nafarni tashkil etdi.

Bugun ushbu maktabda yangi o’quv yili boshlanishi munosabati bilan “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida tashkil etilgan tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i X.Mamadiyev ishtirok etib, barchani yangi o’quv yili bilan qutladi. Tadbir davomida turli badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Maʼlumot uchun, joriy oʼquv yilida viloyatimizdagi maktablarga 62 ming 956 nafar oʼgʼil-qizlar 1-sinfga qabul qilinmoqda.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid