Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +9° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Surxondaryoda 7 sinf qiz unashtirilgani aytilmoqda (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda 7-sinf oʻquvchisi unashtirilayotgpni aytilgan video tarqaldi. Voqea Surxondaryo viloyatida sodir boʻlgan aytilmoqda. Boʻlajak “qaynona” qizchaga tilla zanjir taqayotganini koʻrish mumkin. Oʻzbekistonda…

Кирилл
Surxondaryoda 7 sinf qiz unashtirilgani aytilmoqda (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda 7-sinf oʻquvchisi unashtirilayotgpni aytilgan video tarqaldi.

Voqea Surxondaryo viloyatida sodir boʻlgan aytilmoqda. Boʻlajak “qaynona” qizchaga tilla zanjir taqayotganini koʻrish mumkin.

Oʻzbekistonda zoʻravonlikka qarshi loyiha — NeMolchi.uz IIOdan oilada bolaga nisbatan jismoniy va ruhiy zoʻravonlik mavjud yoki yoʻqligini tekshirish va Bolalar Ombudsmanidan ushbu holatda bolalar nikohi haqida gap ketmayotganiga ishonch hosil qilishga chaqirmoqda.

“Ayolni turmushga chiqishga majburlash yoki uni turmushga chiqishiga toʻsqinlik qilish Jinoyat kodeksining 136-moddasida nazarda tutilgan jinoyat hisoblanadi

Qizcha hozir turmushga chiqmasa ham va bu shunchaki unashtiruv boʻlsa ham 12-13 yoshli qiz boʻlajak turmush oʻrtogʻi haqida oʻz fikriga ega boʻlishi mumkinmi? Shubhasiz, u maktabni bitirishi bilanoq turmushga uzatiladi.

Oila kodeksining 73-moddasida ota-onalar farzandlarining tarbiyasi va rivojlanishi uchun javobgarligi koʻrsatilgan. Ular oʻz farzandlarining sogʻligʻi, jismoniy, aqliy, maʼnaviy va axloqiy rivojlanishi haqida gʻamxoʻrlik qilishga majburdirlar. Bu holatda qanday gʻamxoʻrlik haqida gapirish mumkin?!…

“Ichki ishlar organlari oilada bolaga nisbatan jismoniy va ruhiy zoʻravonlik mavjud yoki yoʻqligini tekshirishlari shart. Biz Bolalar Ombudsmani idorasidan ushbu holatda bolalar nikohi haqida gap ketmayotganiga ishonch hosil qilishga chaqiramiz”, — deyiladi NeMolchi.uz xabarida.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid