Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +13° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Surxondaryoda Xalqaro nogironlar kuni keng nishonlandi

Bugun 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Termiz shahridagi «Afruz» tantanalar saroyida tadbir boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan viloyat hokimining oʻrinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari…

Кирилл
Surxondaryoda Xalqaro nogironlar kuni keng nishonlandi

Bugun 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Termiz shahridagi «Afruz» tantanalar saroyida tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda ishtirok etgan viloyat hokimining oʻrinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari nogironligi boʻlgan shaxslar doimo davlat va jamiyat gʻamxoʻrligida ekanligini taʼkidlashdi va ularga viloyat hokimligining esdalik sovgʻalari, protez-ortopediya mahsulotlari, nogironlik aravachalari, eshitish moslamalari, hassa va qoʻltiq tayoqlar topshirildi.

Toʻkin dasturxon atrofida tashkil etilgan bayram tadbirida sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilar qalbiga koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid