Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +13° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

Termiz shahrida transport vositasini olib qochishda ayblangan oʻta xavfli retsidivist ozodlikdan mahrum etildi

Termiz shahrida transport vositasini olib qochishda ayblangan oʻta xavfli retsidivist ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi. 1975 yilda tugʻilgan shaxs muqaddam bir necha marotaba sudlangan boʻlishiga…

Кирилл
Termiz shahrida transport vositasini olib qochishda ayblangan oʻta xavfli retsidivist ozodlikdan mahrum etildi

Termiz shahrida transport vositasini olib qochishda ayblangan oʻta xavfli retsidivist ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Oliy sud xabar berdi. 

1975 yilda tugʻilgan shaxs muqaddam bir necha marotaba sudlangan boʻlishiga qaramasdan, mast holatda haydovchi tomonidan ochiq qoldirilgan mashinani olib qochgan. 

Ish hujjatlarida aytilishicha, fuqaro olib qochilgan Matiz mashinasida YTHga uchragan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Termiz tuman sudining hukmiga muvofiq Jinoyat kodeksining 267-moddasida (transport vositasini olib qochish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan oʻta xavfli retsidivist 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid