Shanba, 14-noyabr, 2026 Termiz +10° USD 12 014,37 EUR 13 280,68 RUB 146,19

Termiz tumanidagi yangi maktabda “Bilimlar kuni” tadbiri oʻtkazildi

Termiz tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabi jamoasi va oʻquvchilari 2023-2024 oʻquv yilini zamonaviy qiyofa kasb etgan, barcha shart-sharoitlarga ega yangi maktab binosida qarshi olishdi. “Bilimlar kuni” munosabati bilan…

Кирилл
Termiz tumanidagi yangi maktabda “Bilimlar kuni” tadbiri oʻtkazildi

     Termiz tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabi jamoasi va oʻquvchilari 2023-2024 oʻquv yilini zamonaviy qiyofa kasb etgan, barcha shart-sharoitlarga ega yangi maktab binosida qarshi olishdi.


       “Bilimlar kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshligʻi Erkin Narmanov soʻzga chiqib, ustoz-murabbiylar va oʻquvchilarni navbatdagi oʻquv yilining boshlanishi va yangi maktab binosining foydalanishga topshirilishi bilan qutladi.   


      Taʼkidlanganidek, taʼlim sohasini rivojlantirish va oʻquvchilarning puxta bilim olishlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlar, eng avvalo istiqlol bergan keng imkoniyatlar samarasi boʻlib, mustaqillikning qadriga yetmoq, ona diyorimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshmoq shu yurtda kamol topayotgan har bir oʻgʻil-qizning ezgu maqsadlari qatoridan joy olishi lozim.


      4-sektor rahbari maktab ostonasiga endigina qadam qoʻygan jajji oʻgʻil-qizlarni ilm-maʼrifat gulshaniga tashrifi bilan qutlab, Prezident sovgʻasini topshirdi. Shuningdek sektor rahbari maktab kutubxonasiga ham badiiy adabiyotlar jamlanmasini tuhfa qildi. 

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid