Payshanba, 12-noyabr, 2026 Termiz +14° USD 11 964,27 EUR 13 323,41 RUB 144,49

TIV Baxtiyor Saidov Sergey Aleynik bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashdi. Bu haqda vazir oʻzining telegramdagi kanalida xabar qoldirdi. Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik janoblari bilan…

Кирилл
TIV Baxtiyor Saidov Sergey Aleynik bilan uchrashdi

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik bilan uchrashdi. Bu haqda vazir oʻzining telegramdagi kanalida xabar qoldirdi. 

Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz. Bugun Minskda boʻlib oʻtgan muzokaralarimiz rahbarlarimiz oʻrtasida erishilgan kelishuvlar ijrosini batafsil koʻrib chiqish, shuningdek, aloqalarining barcha yoʻnalishlari boʻyicha fikr almashish uchun yaxshi imkoniyat yaratdi.

Munosabatlarimiz koʻplab sohalarda ijobiy surʼat namoyon etayotganini mamnuniyat bilan taʼkidladik.

Ishbilarmon doiralar oʻrtasidagi muloqotni mustahkamlash, iqtisodiy aloqalarni sezilarli darajada kengaytirishga kelishib oldik.

Vazirliklarimiz oʻrtasida 2024-2025 yillarga moʻljallangan Maslahatlashuvlar dasturini ham imzoladik. TIVdagi hamkasblarimizga samimiy mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildiramiz, – deyiladi xabarda. 

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid