Juma, 13-noyabr, 2026 Termiz +13° USD 11 973,44 EUR 13 282,14 RUB 144,53

Toʻqayev Armanistonga boradi

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning Armanistonga tashrif buyurish haqidagi taklifini qabul qildi. Bu haqda Armaniston Vazirlar Mahkamasi maʼlum qildi.Toʻqayev va Pashinyanning…

Кирилл
Toʻqayev Armanistonga boradi

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyanning Armanistonga tashrif buyurish haqidagi taklifini qabul qildi. Bu haqda Armaniston Vazirlar Mahkamasi maʼlum qildi.Toʻqayev va Pashinyanning telefon orqali suhbati chogʻida Armaniston-Qozogʻiston munosabatlariga oid masalalar muhokama qilingan. Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdan oʻzaro manfaatdorlik, iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirish zarurligi taʼkidlangan.

Qozogʻiston rahbarining soʻzlariga koʻra, ayni paytda madaniy-gumanitar hamkorlik jadal rivojlanmoqda. Toʻqayev Aqtau – Yerevan – Aqtau yoʻnalishi boʻyicha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilganini ijobiy baholab, buning natijasida ishbilarmonlik aloqalari va turistik sayohatlar sezilarli darajada faollashganini qayd etgan.Shuningdek, tomonlar transport, logistika va savdo kabi sohalardagi aloqalarni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini kelishib olgan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston ham 1995 yilda Armaniston bilan diplomatik aloqalarini oʻrnatganiga qaramay respublikaning Armanistondagi elchixonasi mavjud emas va shu paytgacha davlat rahbarlarining rasmiy tashriflari kuzatilmagan.Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ozarbayjon va Armaniston 30 yil deganda til topishgani haqida xabar qilgan edik.

Tezkor yangiliklarni Telegramda kuzating
Eng muhim xabarlar birinchi boʻlib sizda
Obuna boʻlish

Mavzuga oid